Bekobodning «Metallurg» klubi öz safini mahoratli futbolçilar bilan töldirib olmoqda. 

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilişiga köra, Andrey Şipilov boşçiligidagi jamoa Server Jyeparov bilan kelişuvga erişdi. Yurtimizning eng nomdor futbolçilaridan biri uşbu klub safida yangi mavsum tayyorgarligiga kirişdi. Futbolçi hamda klub örtasidagi şartnoma Jyeparovning tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötganidan keyin rasmiylaştiriladi va Özbekiston professional futbol ligasida röyxatdan ötkaziladi, deb xabar beradi PFL.

Şuningdek, «Paxtakor» şarafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyaçi Kamoliddin Tojiyev va «Qizilqum», «Olmaliq», «Lokomotiv»dagi öyinlari bilan tanilgan, sönggi yillarni «Buxoro»da ötkazgan Şavkat Mullajonov ham «Metallurg» bilan kelişuvga erişdi.

Ayni paytda «Metallurg» tarkibida 35 nafar futbolçi qatnaşmoqda. Bekobodliklar maşğulotlarini Qibraydagi öquv-maşğulot maskanida olib borişyapti. Dastlabki yiğin 29 dekabr kuni poyoniga yetadi. Ikkinçi yiğin ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oraliğida bölib ötadi. Şundan söng «Metallurg» xorij yiğiniga otlanadi. Rejaga binoan uçinçi yiğin 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötişi közda tutilgan.