Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta'sir choralari kuchaytiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.
Dasturga ko‘ra, “Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta'sir choralarining kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi PF–5582-son Farmoni bilan tasdiqlangan Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 5-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta'sir choralarini kuchaytirish, jumladan, bojxona identifikatsiya vositalariga qasddan shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirishga qaratilgan.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil fevral, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil mart.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025