Qirğizistonning Talas şahrida ikki kişi xitoyliklarni yöq qilişga çaqirgani uçun qölga olindi. Bu haqda Turmush naşri xabar berdi.
Qölga olinganlar internetda göyoki 300 ming xitoylik Qirğiziston çegarasini noqonuniy kesib ötgani va ular yöq qilinmasa, respublika bir neça yildan keyin Xitoyning viloyatlaridan biriga aylanişi haqida ma'lumot tarqatişgan.
Erkaklarning xatti-harakati milliy adovatni qözğatiş deb baholangan. Uşbu iş böyiça materiallar milliy xavfsizlik qömitasiga topşirilgan.
Avvalroq Bişkekda qirğizlarning Xitoyda ta'qib qilinişlariga qarşi norozilik aksiyasi ötgan. Ta'kidlanişiça, qirğizlar Xitoyda “qayta tarbiyalaş lagerlari”ga yuborilib, u yerda işlaşga va xitoy tilini örganişga majbur qilinmoqdalar. Namoyiş iştirokçilari barça xorijliklar Qirğizistonni bir oy içida tark etişlarini talab qilişgan.












