Samarqand nonlari… Qadimiy va navqiron şaharning dovruği dunyoga doston ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. U xuşta'mligi, töyimliligi va özgaça bir çiroyi bilan maşhur.

Biz Samarqand şahrining «Galaosiyo» mahallasida qariyb yarim asrdan beri non pişiriş sirlarini avloddan avlodga uzatib kelayotgan xonadonlardan birida böldik.

Xonadon bekasi Sojida Abdulloyeva bizni mamnuniyat bilan qarşi oldi va non tayyorlaş sirlari bilan örtoqlaşdi:

— Bu nonni tayyorlaşning boşqalardan yaşiriladigan heç bir sirli tomoni yöq. Şu un, xamirturuş, suv, tuz bilan tayyorlanadi. Boşqa heç narsa qöşilmaydi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Nonni apparatda 40-50 daqiqada qoramiz. Keyin yana uni qölda muştlab çiqamiz. Şakl berilib, 12–14 soat davomida issiq xonada tindiriladi. Söngra tandirda yopamiz.

Nonning xuşta'm bölişi, qizarib bir maromda pişişiga sabab — u gazda emas, mevali daraxtlarning ötinida pişirilar ekan.

— Ertalab nonni yopib tandirdan uzib bölgaç, yopib bölgaç, öğlim yon-atrofdagi qişloqlarga çiqib ötin olib kelib ğamlaydi, — deydi S.Abdulloyeva.

Qayd etib ötiş joizki, mazkur xonadon faqat şu kasb orqasidan kun köradi.

— Şu xonadonga kelin bölib tuşganimda non yopilardi. Rahmatli turmuş örtoğim bilan birga tayyorlardik. U kişi otasidan örgangan. Mana, hozir öğlim va kelinim bilan ham ota-kasbni davom ettirmoqdamiz. Bu kasb bilan qizim va kuyovim ham şuğullanişadi.

Sojida opaning xonadonida bir kunda 80 dona non yopiladi — tandirga ikki marta. Ayrim paytlar, qöşimça buyurtma bölsagina bundan köproq non yopilar ekan. Bu yerda yopilgan nonlar dunyoning turli davlatlariga ham jönatilar ekan.