Vologda şahri Babayev tumanidagi işlab çiqariş bazasida işlagan Özbekiston fuqarosi arralaş dastgohi boş qismini kesib taşlagani tufayli halok böldi. Erkak kişi voqea joyining özida hayotdan köz yumgan.
Rossiya Içki işlar vazirligi Babayev IIBning «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida xabar berilişiça, voqea haqida xabar 25 dekabr, seşanba kuni soat 14:00da kelib tuşgan.
«Nikolskoye qişloği orqasida joylaşgan işlab çiqariş bazasida röy bergan voqea joyiga borilganda, Özbekiston fuqarosining jasadi topildi. Uning boş qismi kesib taşlangan holda bölgan, - deydi Rossiya Tergov qömitasining Vologda oblasti böyiça boşqarmasi Ustyujyensk tumanlararo tergov bölimi katta tergovçisi Olga Klyunina. - Guvohlar sözlariga köra, jabrlanuvçining mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etmagani va şaxsiy beparvoligi baxtsiz hodisaga sabab bölgan».
Iş beruvçi xorijlik, yakka tartibdagi tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortiş töğrisidagi masala baxtsiz hodisa yuzasidan komissiya tekşiruvidan söng hal qilinadi.












