Bosh vazir va hukumat a'zolari parlament tomonidan tasdiqlanadi
Prezident parlamentga murojaatida Vazirlar Mahkamasi a'zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi», dedi prezident.
Bu maqsadga erishish uchun barcha darajadagi rahbarlar va xalq deputatlari faoliyatini tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etish zarurligini ta'kidladi. Bo‘lajak vazirlar parlament oldida mas'uliyatni his etishi, lavozimga munosibligini isbotlashi kerakligi qayd etildi.
«Hozirda parlament bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qo‘yishda qatnashmaydi. Shuning uchun hukumat a'zolari parlament oldida mas'uliyatni yetarli darajada his etayotgani yo‘q. Shu bois, Vazirlar Mahkamasi a'zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.
Bo‘lajak vazir parlament a'zolari oldida sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo‘llarini asoslab bersin. Bir so‘z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin. Shundan so‘ng men imzo chekaman», dedi prezident.
Shuningdek, viloyat hokimini oldin kengash a'zolari tasdiqlaydi, keyin prezident tasdiqlaydi.
«Ayni paytda mahalliy kengashlar viloyat va tuman idoralari rahbarlarini ham tasdiqlash ham xuddi shunday bo‘ladi. Tuman rahbarlari ham, shahar rahbarlari ham, viloyat rahbarlari ham kengash deputatlari tomonidan tasdiqlanishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
21:36 / 24.10.2024