BAAning Suriyadagi elçixonasi 6 yillik tanaffusdan keyin Damaşqda öz işini boşladi. Elçixona Suriyadagi ixtilof sababli 2012 yilda yopilgan edi.
Joriy hafta davomida elçixona binosida ta'mirlaş işlari olib borilgan.
BAA 2012 yilda elçixonasini yopib, öz elçisini ortga çaqirtirib olgandi. BAA arab davlatlari orasida Suriyadagi elçixonasi işini tiklaydigan ilk davlat böldi. Avvalroq Suriya taşqi işlar vaziri örinbosari Faysal Mikdad Damaşq BAA elçixonasi işi tiklanişini olqişlaşini aytgan.
Suriyada 2011 yilda boşlangan ixtilof vaqtida 30 dan köproq davlat uşbu mamlakatdagi elçixonalarini yopgan yoki Bayrutga köçirgan.












