Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev parlamentga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda. 

Prezident yiğiliş davomida eng kam iş haqi miqdorini belgilaşni qayta körib çiqiş hamda pensiya tizimini tubdan isloh qiliş zarurligi haqida gapirdi.

«Eng kam iş haqini belgilaş tizimini qayta körib çiqiş, soliq va boşqa majburiy tölovlarni eng kam iş haqiga boğlab qöyiş tartibini bekor qiliş kerak. Bu mutlaqo notöğri tizim», dedi prezident.

Yaqinda uşbu masala böyiça Prezident farmoni qabul qilingandi. Unga köra 2019 yil 1 yanvardan boşlab işlaydigan barça pensionerlarga pensiyalar töliq miqdorda tölanişi, şuningdek pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdorini eng kam oylik iş haqining 8 barobaridan 10 barobarigaça oşiriş böyiça yangi tizim joriy etilişi belgilangandi.

Prezidentning aytişiça, islohotlarning keyingi bosqiçida pensiya tölovining eng yuqori miqdori böyiça çeklov (eng kam iş haqining 10 baravari) kelajakda butunlay bekor qilinadi.