Özbekiston Respublikasi prezidentining “Paxta xomaşyosini yetiştirişda tomçilatib suğoriş tizimini keng joriy qiliş uçun qulay şaroit yaratiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror matnida 2018 yilda “Iştixon Nurli Davr” (Iştixon tumani) va “Maroqand Klaster” (Narpay tumani) fermer xöjaliklari hamda “PengSheng” özbek-xitoy qöşma korxonasi (Sirdaryo tumani) tomonidan 200 gektardan ortiq maydonda tomçilatib suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça loyihalar amalga oşirilgan bölib, uşbu maydonlarda suvni ikki martagaça tejalişi bilan birga, bir gektar maydondan 40–45 sentnergaça, respublika böyiça örtaça hosildorlikdan 1,5–1,7 marta yuqori körsatkiçga erişiş imkonini berganligi ma'lum qilingan.

Prezident qarori bilan tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilgan holda paxta xomaşyosi işlab çiqaruvçilar, şuningdek tomçilatib suğoriş tizimini va uning butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçilarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning quyidagi tartibi belgilanmoqda va unga asosan:

a) Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan paxta xomaşyosi işlab çiqaruvçilarning tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilişga paxta xomaşyosi ekiladigan bir gektarga 8 mln söm subsidiya taqdim etiladi;

b) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat fondi mablağlari hisobidan bir gektarga 20 mln sömdan ortiq bölmagan narxda tomçilatib suğoriş tizimlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ularning butlovçi qismlarini sotib oliş uçun paxta xomaşyosini işlab çiqaruvçilarga ajratilgan kreditlar böyiça tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasidan 10 foiz punkt miqdorida foiz xarajatlari qoplanadi;

v) byudjyet mablağlarini oluvçilar bilan tuziladigan import şartnomalarini ekspertizadan ötkaziş va röyxatga oliş talabi paxta xomaşyosi işlab çiqaruvçilari tomonidan tomçilatib suğoriş texnologiyani joriy qiliş böyiça işlari doirasida tuziladigan import şartnomalariga qöllanilmaydi;

g) paxta xomaşyosini mahalliy işlab çiqaruvçilari tomonidan tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş uçun kerak böladigan butlovçi buyumlar va xomaşyo 2021 yilning 1 yanvariga qadar bojxona tölovlarini tölaşdan ozod qilinadi.