Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasi boşlandi. Murojaatnoma  «Özbekiston» va «Özbekiston 24» telekanallari orqali jonli efirda namoyiş etilmoqda.

Yiğilişda parlament rahbariyati va a'zolari, Özbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpuslar va jamoatçilik vakillari iştirok etmoqda.

Yiğilişda nutq sözlayotgan prezident kirib kelayotgan yangi — 2019 yilni Özbekistonda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» deb e'lon qilişni taklif etdi.

Özbekiston Prezidentining bu taklifi yiğilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qöllab-quvvatlandi.

«Heç qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, heç qanday natijaga erişmaydi. Eng murakkab yöl, bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga yetkaziş böyiça katta işlarni qilişimiz kerak.

Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qöygan yuksak marralarga erişolmaymiz. Juda katta marra olyapmiz. Qaror, qonun, farmon, kerak bölsa kadrlar dunyoqaraşini özgartirişimiz kerak. Joylardagi tösiqlarni olib taşlasak, investitsiya muhiti ta'minlanadi», dedi prezident.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1997 yildan boşlab har bir yilga şu davr içida taraqqiyotning muhim yönalişlarini ifoda etadigan nom beriş an'anaga aylangan. 1997—2017 yillar oraliğida yillarga quyidagiça nom berilgan:

2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili
2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»
2016 yil — Soğlom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e'zozlaş yili
2014 yil — Soğlom bola yili
2013 yil — Obod turmuş yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qişloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoşlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va şifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili