27 dekabr kuni Toşkent şahrida ikkita jiddiy yöl-transport hodisasi sodir böldi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati Yunusobod hamda Mirobod tumanlarida röy bergan YTHlar haqida ma'lumot bergan.

Foto: IIBB

IIBB xabariga köra, soat taxminan 11:50 da Yunusobod tumani Yangi şahar köçasida joylaşgan temiryöl kesişmasida «Taksi lyuks» kompaniyasiga tegişli Lacetti avtomobili haydovçisi nazorat ostidagi yopiq tösiqqa borib urilgan va buning oqibatida avtomaşina işdan çiqqan.

Haydovçi va ikki yölovçi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. YTHga haydovçining temir yöl kesişmalaridan ötiş qoidalarini buzgani sabab bölgani aytilgan.

«49 yoşli haydovçi K.Mahmudov tomonidan temiryöl kesişmasini kesib ötiş qoidalarining buzilganligi uşbu yöl-transport hodisasiga sabab bölgan», — deyiladi IIBB axborotida.

Foto: IIBB

Şu kuni soat taxminan 12:30da esa Kiçik halqa yölining Mirobod tumanidan ötgan qismida «AS Invest Grupp»ga tegişli Howo yuk avtomobili ağdarilib ketgan.

Qayd etilişiça, 19 yoşli haydovçi tajribasizlik qilib maşina boşqaruvini yöqotgan. Yuk maşinasiga ortilgan yuk (toş va qum) yölga tökilib ketgan, heç kim jabrlanmagan.

«Haydovçi hamda yöl harakatining boşqa qatnaşçilari zarar körmagan», — deyiladi IIBB xabarida.