Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampni maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilishda ayblashdi
Foto: AP
Amerika OAVlari AQSh prezidenti Donald Trampni Iroqqa safari chog‘ida harbiylar bilan uchrashuvi tasvirlangan videolavhani e'lon qilgani uchun tanqid qildi.
Tramp 26 dekabr kuni Twitter sahifasida Iroqqa safari tasvirlangan rolikni e'lon qildi. Unda prezident turmush o‘rtog‘i Melaniya bilan birgalikda harbiy baza xodimlari bilan uchrashgani, ular bilan ko‘rishib, dastxat bergani va harbiy xizmatchilar bilan suratga tushgani tasvirlangan bo‘lib – lavhada harbiylarning yuzlari aniq ko‘rinib turadi.
.@FLOTUS Melania and I were honored to visit our incredible troops at Al Asad Air Base in Iraq. GOD BLESS THE U.S.A.! pic.twitter.com/rDlhITDvm1
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) December 26, 2018
Odatda bunday lavhalarda maxfiy ma'lumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida harbiylarning yuzlari aniq ko‘rsatilmaydi. Amerika razvedkasining sobiq xodimi Malkolm Nens bunday lavhaning e'lon qilinishi o‘rnatilgan tartibga zidligini bildirdi.
«Harbiy kontingent xorijda joylashtirilgan paytda operatsiya xavfsizligi muhim jihat hisoblanadi. Maxsus operatsiyalarda ishtirok etayotgan harbiylarning yuz ko‘rinishlari va haqiqiy ismlari sir saqlanadi. Ularning OAVda e'lon qilinishi terrorchilar yoki dushmanga qo‘l kelishi mumkin. Agarda bu harbiylardan birortasi asirga tushgudek bo‘lsa, o‘zining kimligini yashira olmaydi», dedi Nens.
Eslatib o‘tamiz, 27 dekabr kuni AQSh prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i Iroqqa kutilmagan tashrifni amalga oshirgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026