2019 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1,6 trln so‘m sarflanadi
O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra 447 maktabgacha ta'lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 trillion 654 milliard so‘m ajratildi. Bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 448 milliard so‘mdan ko‘p, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati.
Ajratilgan mablag‘larning katta qismi viloyatlarda maktabgacha ta'limni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta, Andijon viloyatida 37ta, Buxoro viloyatida 44ta, Jizzax viloyatida 25 ta, Qashqadaryo viloyatida 39ta, Navoiy viloyatida 17ta, Namangan viloyatida 34ta, Samarqand viloyatida 45ta, Surxondaryo viloyatida 36ta, Sirdaryo viloyatida 19 ta, Toshkent viloyatida 44ta, Farg‘ona viloyatida34ta, Xorazm viloyatida 31ta, Toshkent shahrida 24ta maktabgacha ta'lim muassasalari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini rekonstruksiya qilish hajmining ortishi kutilmoqda. 2019 yilda byudjyet mablag‘larini kamaytirish va maktabgacha tarbiya tizimida bolalarni qabul qilish darajasini oshirish maqsadida 53 ta bo‘sh bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
2018 yilda rekonstruksiya qilingan maktabgacha ta'lim muassasalarining soni 2017 yilga nisbatan uch baravar, ya'ni 105 dan 298 taga ko‘paydi. 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarining soni o‘tgan yilga nisbatan 5 211 tadan 7104 gacha yetdi.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
07:43 / 02.07.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qariyb 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi
18:44 / 20.06.2024