Apple kompaniyasi har ikki tomonga bukiluvçi smartfon modeli uçun patent oldi. Aynan şu xususiyati gadjyetni yaqinda Samsung va Huawei tomonidan taqdim etilgan boşqa bukiluvçi modellardan farqlab turadi.

Patently Apple ma'lumotiga köra, işlab çiqaruvçilar köp martalab bukişga çidamli va uzoq vaqt xizmat qila oluvçi ekran yaratişni reja qilişmoqda. Buning uçun yangi iPhone`ni himoyaviy oyna örnini bosuvçi maxsus qoplama bilan jihozlangan OLED-displeyi bilan jihozlaş közda tutilyapti. Qayd etilişiça, maxsus qoplama displeyda yoriqlar paydo bölişi va boşqa şikastlanişlardan asraş imkonini beradi.

Foto: Patently Apple

Ikki tomonga töla qayişa oluvçi iPhone modeli qaçondan sotuvga çiqarilişi hozirça noma'lum.

Foto: Patently Apple

Ma'lumot uçun, 2016 yilning oktabr oyida Janubiy Koreyaning Samsung Display kompaniyasi OLED bukiluvçan displeylarini yaratiş texnologiyasi uçun AQŞda patent olgan edi. Şu yilning iyulida kompaniya plastikdan tayyorlanuvçi sinmaydigan ekranni namoyiş etdi.