Pentagondagilar AQŞ prezidenti Donald Trampga amerikalik harbiylar Suriyani tark etayotgani munosabati bilan qurollarni kurdlarga qoldiriş böyiça taklif kiritişmoqçi. Bu haqda Reuters agentligi bir neça manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Xabarda aytilişiça, kurdlarga qoldiriladigan qurollar içida zirhli texnikalar hamda tanklar hujumiga qarşi raketalar ham mavjud. Bu taklif AQŞ prezidenti tomonidan qanoatlantirilsa, Suriya şimolidagi kurdlarni terrorçilar sifatida qabul qiladigan Turkiya öz noroziliklarini bildirişi mumkin.
28 dekabr kuni Suriyadagi kurdlar muxtoriyati vakili Jyeyhan Ahmad ma'lum qildiki, kurdlar Suriya armiyasi bilan mamlakat şimolidagi hududlarni, jumladan Frot daryosining ğarbiy qirğoqlarini Turkiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Uning sözlariga köra, «Suriya Demokratik kuçlari» rasmiy Damaşq bilan «Turkiyaning yölini tösiş» böyiça hamkorlik qiladi.
Eslatib ötamiz, 19 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp IŞID ustidan töliq ğalaba qozonilganini e'lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etişga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarşi kuraş Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilişi kerakligini aytdi.













