Qozoğistonning Olmaota şahri maslihati (hokimiyati) qarori bilan şahardagi köçalardan biriga Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.
Maslihatning navbatdan taşqari sessiyasida 185 ta köçaning qayta nomlanişi ma'qullangan.
Qayta nomlangan köçalardan 20 tasiga atoqli şaxslar nomlari, qolganiga esa tarixiy-geografik va milliy nomlar berilgan.

Qayta nomlangan köçalar şaharning 5 ta tumanida joylaşgan. Köçalar nomini özgartiriş böyiça işlar 2018 yil boşida aholining köplab şikoyatlaridan keyin boşlangan. Şahardagi nomsiz yoki bir xil nomdagi köçalar aholiga salbiy ta'sir körsatgan. Misol uçun, buning natijasida tez yordam, politsiya çaqirtiriş va şu kabi vaziyatlarda qiyinçiliklar yuzaga kelgan.
Hozirda Olmaotada 2,5 mingga yaqin köça bölib, ulardan 349tasi bir xil nomlarga ega bölgan. Misol uçun, şaharda Abay nomli 12 ta, Jabayev nomli 13 ta, Rayimbek botir nomli 8 ta va şu kabi nomi bir xil köçalar talaygina bölgan.












