Samarqand viloyati IIB xodimlari hamda viloyat DXX bilan hamkorlikda Samarqand şahrining Ğalaba köçasida olib borilgan tadbir natijasida fuqaro M.Ş.dan 380 dona «Konvolyuta», 3800 dona «Tramadol» tabletkalari olingan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Fuqaro M.Ş. bilan olib borilgan suriştiruv işlari natijasida u tarkibida narkotik moddalar bölgan mazkur «Tramadol» tabletkalarini fuqaro B.M.dan olganini aytgan. Fuqaro B.M.ning tanişi X.U.ning uyidan esa jami bölib 2542 dona «Konvalyuta» va 25420 dona «Tramadol» tabletkasini topilgan.

Tadbir natijasida tabletkalar ğayriqonuniy ravişda sotilişi va odamlarni zaharlaşining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.











