Angliya Premer-ligasining 20-turida «Sauthempton» «Mançester Siti»ni qabul qildi. «Sent-Meri» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğoliblar safida gollarga David Silva va Serxio Aguero mualliflik qilişdi, yana bir golni «Sauthempton» yarimhimoyaçisi Jyeyms Uord-Prauz öz jamoasi darvozasiga yöllab qöydi. «Avliyolar»ning yagona goli Per-Emil Xyoyberg nomiga yozildi. Öyinning 85-daqiqada Xyoyberg qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. Şu tariqa, «Mançester Siti» çempionatda qatorasiga ikki mağlubiyatdan keyin ğalabaga erişdi, «Sauthempton» qatorasiga ikkinçi öyinda mağlub böldi.

Endilikda «Mançester Siti» oçkolari sonini 47taga yetkazib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinçi öringa qaytdi, Xosep Gvardiola şogirdlari peşqadam «Liverpul» bilan oradagi farqni 7taga qisqartirgan. «Sauthempton» 15 oçko bilan – 17-örinda qolgan.

Keyingi turda «Mançester Siti» va «Liverpul» özaro kuç sinaşadi.

Tur doirasidagi yana bir uçraşuvda «Byornli» «Vest Hem»ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ğalabaga erişdi. Gollarga Kris Vud va Duayt Maknil mualliflik qilişdi. Şu tariqa, «Byornli» çempionat öyinlaridagi 3 öyin davom etgan mağlubiyatli seriyasini töxtatdi.

Endilikda «Vest Hem» 27 oçkosi bilan 11-örinda, «Byornli» 15 oçkosi bilan – 18-örinda joylaşgan.

Angliya çempionati
20-tur
Sauthempton – Mançester Siti 1:3 (1:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Silva, 1:1 – 37 Xeyberg, 1:2 – 45, avtogol Uord-Prouz, 1:3 – 45 Aguero.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Targett, Remzi, Lemina (Redmond, 46), Romeu (Valeri, 59), Xeyberg, Elyunussi, Uord-Prouz, Ostin (Long, 68).
Mançester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Danilo, Zinçenko, Silva, Fernandino (Uoker, 86), Marez (Sane, 84), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 73).
Ogohlantirişlar: Aguero (32), Ostin (58), Kompani (72), Bednarek (73), Danilo (78).
Çetlatiş: Xeyberg (85).

Byornli – Vest Hem 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar