2019 yil eşik qoqmoqda, ikki yil orasidagi davr nafaqat bayram tadbirlarini ötkaziş, balki ötayotgan yilni sarhisob qiliş uçun ham qulay fursatdir. Şu munosabat bilan Özbekiston Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi (XSTU) vakillari 2018 yilda turistik bozorda röy bergan özgarişlarni aniqlaş va soha kelajagiga nazar taşlaş imkonini beruvçi savollar bilan soha mutaxassislariga murojaat qilişdi. Savollarga "Vantage Focus" kompaniyasi rahbari Dilmurod Sobirov (D.S.), "Silk tour" kompaniyasi direktori Ziroat Rasulova (Z.R.), "Novotours Silk Road" kompaniyasi direktori Odiljon Raupov (O.R.), “Miran International”  mehmonxonasi boş menejyeri Farhod Toştemirov (F.T.) va "Hotelios", OrexCA.com va Otpusk.uz saytlari boşqaruvçi hamkori Leonid Ibragimov (L.I.) javob berişdi.

2018 yil yakuniga yetmoqda, bu yil professional jihatdan siz uçun qanday keçdi? Ötayotgan yilda sodir bölgan eng muhim va yorqin hodisalarni qayd etib ötsangiz.

D.S. – 2018 yil bizning kompaniyamiz uçun juda omadli keldi. Tafsilotlarga berilib ötirmayman, lekin aytişim mumkinki, Özbekistonda röy berayotgan özgarişlar ta'sirini öz faoliyatimizda his qilyapmiz. Ötayotgan yilda faoliyatimiz davomidagi eng yorqin hodisa – Singapurning yetakçi kompaniyasi bilan bir martada 120 nafar sayyohga xizmat körsatuvçi tur borasidagi hamkorlikni boşlaganimiz.

Z.R. – 2018 yil bizning kompaniyamiz va umuman Özbekiston turizmi  uçun juda qizğin va samarali yil böldi. Quyidagilarni alohida qayd etişni istardim:

1.   Sayyohlar uçun vizasiz rejimning yölga qöyilişi;

2.   Viza oliş tartibining soddalaştirilgani. Elektron viza tizimining yölga qöyilgani;

3.   Temiryöl reyslari sonining oşgani, poyezdlar tarkibidagi vagonlarning yangilangani va ta'mirlangani;

4.   Xalqaro va mahalliy festivallar va tanlovlarning ötkazilişi;

5.   Özbekistonga individual dasturlar böyiça taşrif buyuruvçi sayyohlarga manzilli yordam körsatuvçi turistik politsiya faoliyatining yölga qöyilgani;

6.   Özbekistonning barça sayyohlik şaharlaridagi köçalarning tozaligi, şuningdek, köçalarda urnalarning örnatilişi.

L.I. – 2018 yil bizning taşkilotimiz uçun şiddatli keldi. Biz yangi bozorlarni rivojlantira boşladik, ştatimizni kengaytirdik, yanada keng va zamonaviy ofisga köçib ötdik.