O‘zbekiston | 12:44 / 01.01.2019
51288
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar bog‘chasi uchun to‘lov 2019 yil 1 maydan oshadi

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari 2019 yil 1 maydan joriy etiladi.
 
Norma’ning yozishicha, ungacha to‘lov 2018 yil uchun belgilangan amaldagi miqdorlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
 
Davlat bolalar bog‘chalarida ota-onalar bolalari uchun qancha miqdorda to‘lashlari muacsasa joylashgan joy va uning ish rejimiga bog‘liq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining  Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg‘ona viloyatining  So‘x tumanida, Farg‘ona tumanining «Shohimardon» va «Yordon» qishloqlarida joylashgan davlat MTMda bolalar ta'minoti uchun ota-onalardan har oyda olinadigan to‘lov miqdorlari o‘rnatilgan miqdorga nisbatan 50% miqdorida belgilanadi.

Hujjat 1.05.2019 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid