Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatining 3- va 9- bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi mumkin.
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga ko‘ra: 3-band - Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi. 9-band - Shulxa va paxta chigiti shroti.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
15:13 / 07.11.2024
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:39 / 01.06.2024
Dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
16:00 / 30.05.2024
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi. Bunday ta’qib uchun javobgarlik bor
08:26 / 14.05.2024