Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida iştirok etiş uçun BAAga jönab ketdi.

Bugun, 2 yanvar tongida jamoa a'zolari Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida tantanali ravişda kuzatildi.

Video: Youtube

Video: Mover

17-marotaba ötkazilayotgan Osiyo Kubogiga 5 yanvardan start beriladi. Unda Özbekiston terma jamoasi 7-marta iştirok etadi. Ektor Kuper murabbiyligidagi jamoa «F» guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya termalari bilan ayni şu ketma-ketlikda bahs olib boradi. Ilk öyin 9 yanvar kuni Şarja şahrida Ummon terma jamoasiga qarşi bölib ötadi.

Foto: ÖFA
Foto: ÖFA
Foto: ÖFA

Eslatib ötamiz, argentinalik mutaxassis avgust oyi boşida terma jamoani qabul qilib oldi. Sentabr-oktabr oylaridagi FIFA kunla rida Suriya (1:1), Eron (0:1), KXDR (2:0) va Qatar (2:0) terma jamoalariga qarşi Toşkentda örtoqlik öyinlari ötkazildi. Noyabr oyida Avstraliyada yiğin ötkazgan jamoa Livan (0:0) va Janubiy Koreya (0:4) bilan nazorat bahslarida iştirok etdi.

Şundan söng Özbekiston terma jamoasi 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida Osiyo Kubogi oldidan sönggi öquv-maşğulot yiğinida böldi. Dastlab, yiğin doirasida örtoqlik uçraşuvi taşkil etilişi belgilangan edi, ammo yakunda Ektor Kuper bu fikridan qaytgani xabar qilindi. Uning öz qarorini özgartirişi ehtimoliy jarohatlar paydo bölmasligi omili bilan izohlandi.