2018 yil söngida yoşi uluğlar ziyoratida bölişni niyat qildik. Sarlavhani öqib, kimdadir şubha ham paydo bölgandir... Biroq, Farğona viloyati, Buvayda tumani Qoraqum qişloğida yaşaydigan 124 yoşli Huvaydo momo Umarova haqidagi ma'lumotlarni hamqişloqlari yaxşi bilişadi. Çunki, ona ularning ajdodlari bilan ham birga yaşagan.


Uçta yuz yillik bilan yuzlaşgan momo misoli tirik tarixning özi. Uning pasportida tuğilgan kuni sanasi – 1895 yil 1 yanvar.

Huvaydo onaning hali xotirasi tiniq, gaplari dadil. Uning jamiyatdagi evrilişlar – kolxozlaştiriş, quloqlaştiriş, ikkinçi jahon uruşi, oçarçilik davrlarini aniq-tiniq eslab gapirişidan hayratga tuşasiz. Sözlaşi ham boşqaça. Qadimiy lutf bilan, şoirona…

Ötgan asr boşidagi inqilob, oçarçilik kunlari haqida, Katta Farğona kanali qazilişida qanday mehnat qilgani, uruş paytlari erkaklar yöqligi sabab 9 gektar ğözani ayol boşi bilan tunlari özi suğorganini hikoya qiladi.
“Avlodingizda uzoq yaşaganlar bölganmi?” deya savol beraman. Momoning avlodida bir asrdan möl yaşaganlar köp bölgan ekan. “Otam, Toşmat ota 101 yoşga kirgan. Toğam, Mullaqodir 130 yil yaşagan. Saydiniso ammam esa 125 yil umr körgan”, deydi onaxon.
“16 yoşimda turmuşga berişgan. Birinçi rözğorimdan farzand bölmadi. Ikkinçisidan avval körgan ikki farzandimiz turli kasalliklardan vafot etgan. 1935 yili yana bir öğil farzand Hoşimjonim tuğildi va yaşab ketdi. Jami uç qiz, tört öğilni katta qilganmiz. Hozir 50 nafar nevara, 71 çevara, 28 evaram bor”, deya sözlaydi momo. Töğrisi, Huvaydo onaning yaqinlari avlod içida “begona”lari ham bor ekanligini aytişdi. Hozir momo kenja öğli Husanboy va kelini Diloromxonlar bilan birga istiqomat qiladi.

Momoga erkalik qilib: “Bitta şe'r yoki qöşiq aytib bering”, dedim. Momo qadim özbek ohangida ota-ona haqida qöşiq xirgoyi qildi. Kuylab-kuylab, köziga yoş oldi.














