Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng boy kishilari 2018 yilda olti milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotishdi
Foto: Fotolia / apops
Rossiyaning eng boy kishilari umumiy boyligi 2018 yil davomida jami 5,915 milliard dollarga kamaydi, deb xabar berdi RIA Novosti Bloomberg Billionaires Index reytingiga asoslanib.
2018 yilda ayrim milliarderlar mablag‘ yo‘qotgan bo‘lsa, ayrimlarining boyligi ko‘paydi. Masalan, "Nornikel" egalaridan biri Vladimir Potaninning boyligi 6,87 milliard dollarga oshib, 19,6 milliard dollarga yetdi. Ikkinchi o‘rinda boyligi 2,77 milliard dollarga ko‘payib, 19,4 milliard dollarni tashkil etgan "Novatek" egasi Leonid Mixelson joylashdi.
Novolipetsk metallurgiya kombinati aksiyalari asosiy egalaridan biri Vladimir Lisin boyligi 146 million dollarga kamaygan bo‘lsa-da, 17,9 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni oldi. "Severstal" egasi Aleksey Mordashov to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, uning boyligi yil davomida 2,23 milliard dollarga kamaydi va 17,4 milliard dollarni tashkil etdi. Yuqori beshlikni 3,45 milliard dollarga boyib, boyligi 16 milliard dollarga yetgan "Lukoyl" egasi Vagit Alekperov yakunlaydi.
Alisher Usmonov ("Metalloinvest", "Megafon") 14,2 milliard dollar bilan oltinchi (boyligi 327 million dollarga kamaygan) o‘ringa joylashdi. Roman Abramovichning (Evraz) boyligi 1,6 milliard dollarga o‘sib, 14,1 milliard dollarga yetdi. Keyingi o‘rinlarni Gennadiy Timchenko (13,8 milliard dollar), Viktor Vekselberg (13,1 milliard dollar) va Andrey Melnichenko (12,5 milliard dollar) egalladi.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026