Amaldagi qonun hujjatlarida “suyunçi puli” degan rasmiy tuşunça mavjud emas va bu bola tuğilganda davlat tomonidan beriladigan bir martalik nafaqaning xalq orasidagi nomidir.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-soni bilan röyxatdan ötkazilgan “Davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida”gi nizomga köra bola tuğilganda beriladigan nafaqa (suyunçi) ota-onadan biriga yoki uning örnini bosadigan şaxsga asosiy iş yoki öquv joyi böyiça bir marotaba tölanadi.

Bolaning onasi işlamaydigan va öqimaydigan hollarda nafaqa bolaning işlaydigan yoki işlab çiqarişdan ajralgan holda öqiydigan otasi yoki ota-ona örnini bosuvçi şaxslarga tölanadi.

Işlamaydigan va öqimaydigan ota-onalarga bola tuğilganda nafaqa byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasining hududiy bölimlari tomonidan tayinlanadi va tölanadi.

Uning miqdori qonun hujjatlari bilan bola tuğilgan sanada belgilangan eng kam iş haqining 2 baravarini taşkil etadi. Ikki va undan köp bola tuğilganda yoki farzandlikka olinganda nafaqa har bir bolaga şunça miqdordan tölanadi.

Bola tuğilganda beriladigan nafaqadan daromad soliği uşlanmaydi. Bola ölik tuğilgan hollarda nafaqa tölanmaydi.

Nafaqa oliş uçun quyidagi hujjatlar iş (öqiş) joyiga yoki pensiya jamğarmasining hududiy bölimiga topşirilişi lozim:

FHDYo organlari tomonidan berilgan bolaning tuğilganligi haqidagi ma'lumotnomani, ma'lumotnoma yöqotilgan taqdirda - dublikatini;

boşqa ota (ona)ning iş joyidan (xizmat, öqiş joyidan) bola tuğilganda unga nafaqa tayinlanmaganligi haqidagi ma'lumotnomani (agar ota-onaning ikkalasi öqisa yoki işlasa).

Uşbu hujjatlar tegişli ariza bilan bola tuğilgan kundan boşlab 6 oy içida taqdim etilişi zarur. Bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa tölaş töğrisidagi arizalar pensiya jamğarmasida yuritilgan maxsus kitobga röyxatga olinadi va 10 kundan keçiktirmay tölanadi.

Bola tuğilganda beriladigan nafaqa iş (öqiş) joyidan tölanganda odatda xodimning iş haqiga qöşib tölanadi.

Adliya vazirligida 2015 yil 5 mart kuni 2657-son bilan röyxatga olingan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasi tomonidan pensiya, nafaqa va boşqa tölovlarni tölaşni taşkil etiş tartibi töğrisidagi