Zokirovaning aytişiça, hukumatning joriy yil 23 maydagi qarori bilan tasdiqlangan «Farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlaş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti»ga köra, suyunçi puli oliş uçun istalgan Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali sörovnoma töldiriş mumkin.
«Sörovnomada ariza beruvçining F.I.O., tuğilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, JŞ ŞIR (jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami), nafaqani yetkazib beriş (topşiriş) yuklangan taşkilot, elektron poçta manzili, bola tuğilgan sanasi, tuğilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami, dalolatnoma yozuvi qayd raqami, bolaga aloqadorligi (ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxs), telefon raqami kiritiladi – demak, pasport yoki uning nusxasi hamda tuğilganlik töğrisida guvohnoma yoki uning nusxasi kerak böladi», - deydi Sevara Zokirova.
Ma'lumot uçun, farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 70,3 foizi – bugungi kunda bu – 477 500 sömni taşkil etiladi. Uşbu summa joylardagi «Xalq banki» filiallari tomonidan tölab beriladi.














