Tuğuruqxonalarda suyunçi puli söralişi, berilişi, olinişini inkor qiliş – oyni etak bilan yopişga öxşaydi. Lekin hamma uçun odatiy holga aylangan bu norasmiy tölov ortidan ba’zan katta mojarolar ham tuğilib turadi. Eng oxirgisi soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning tuğuruq komplekslaridagi tamagirlik böyiça e’tirozi böldi. Qiziği, vazirning özi yaqindagina şifokorlarga köngildan çiqarib pul berilişini oqlab çiqqandi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Farzand dunyoga kelganidagi xursandçilik hamişa xarajatlarga ulanib ketadi. Tuğuruqxonadan çiqiş paytida bola tuğilişida iştirok etgan şifokor-u hamşiralar qator turib olişadi va qölingizga qaraşadi. Albatta, özbek – bolajon xalq, suyunçi pulini ham tabiiy hisoblaydi.
Biroq vaqti-vaqti bilan noroziliklar ham tuğiladi. Hatto davlat rahbari ham bu borada alohida töxtalgan va “Eng katta poraxörlik tuğuruqxonalarda” deya ta’kidlagan. Vaqti-vaqti bilan internetda turli lavhalar tarqaladi, şifokorlarning göriga ğişt qalanadi. Bahslarda bir umumiylikni seziş mumkin: köngildan çiqarib berilsa mayli, lekin sörab olişi yoki tama qilişlari töğri emas.
Lekin köngildan çiqarib beriş bilan tikilib turgan közlarni rozi qiliş uçun beriş çegarasi qayerda? Bugun ana şu haqda gaplaşamiz.
Suhbatdoşlarimiz – şifokorlar, ota-onalar va umuman jamoatçilik faollari. Biz ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1. Tuğuruqxonada suyunçi puli berilişiga qanday qaraysiz? Özingiz ham berganmisiz/olganmisiz?
2. Bugungi kunda qança miqdorda suyunçi berilişini normal qabul qilasiz va buni pora deb hisoblamaysiz?
jami 200 ming sömgaça;
jami 500 ming sömgaça;
jami 500 mingdan 1 mln sömgaça;
1 mln sömdan ortiq.
3. Siz suyunçi berişni istamagan vaziyatda şifokor norozi bölsa, tegişli taşkilotga murojaat qilişni qanday baholaysiz?
4. Mavzuga oid erkin fikrlaringiz...
Endi javoblarga e’tibor qaratsak.
Şaxsini sir tutgan şifokor:
— Suyunçini biz öylab topmaganmiz. Bizgaça ham bölgan, bizdan keyin ham böladi. Ayol farzandini qöliga olguniça ikki dunyo örtasida böladi, deyişadi. Şunday vaziyatda unga yordam berganlarga ataganini beriş qaçondan minnat bölib qoldi, hayronman?
Sönggi paytlarda bir toifa paydo bölgan: darrov telefonga yopişadi. Mayli, bermasang berma. Lekin indamay ket! Oldiga çiqqan şifokor-hamşiralarga bir söm bermagani kamdek, zahrini soçadi. “Davlatdan oylik olyapsanlar!” deb minnat qiladi. Eng qiziği – ortidan kuzatib tursang, köçada ketini likillatgan ayiqqa, karnayçi-surnayçiga pul soçadi. Har qadamini videoga oldirib, haşamatli maşinalarda bolasini olib ketadi. Koşki bola buni bilsa...
Mavzuga oid
Lobar Xayrullayeva:
1. Bunga salbiy munosabatda qarayman. Ha, afsuski, xöjayinim, qaynonam bergan.
2. Jami 200 ming sömdan oşmasligi kerak, deb hisoblayman.
3. Töğri baholayman. Çunki hayotimda şunaqa voqea bölganki, bergan pulimizga şifokor norozi bölib, qayta-qayta kelib işini minnat qilgan. Öşa payti mening ahvolim yaxşi emas edi. Şifokorlarning bu gapi soğligimga yomon ta’sir qilgan.
4. “Roddom”da ota-onalardan umidvor bölib, tamagirlik qilib, ularning qöliga termilib, şunga yaraşa muomala qiladigan doktorlardan nafratlanaman. Bunga çek qöyilişi kerak.
Dilfuza Zaripova, jurnalist:
— Bolaning dunyoga kelişi oson emas. Bu işda onaga yordam berganlarga albatta köngildan çiqarib suyunçi puli beriş kerak. Ayniqsa, sanitarkalarni astoydil rozi qiliş kerak. Tuğuruq jarayonidagi nopokliklarni ular tozalaydi.
Örtaça 300 ming yetarli bölsa kerak, deb öylayman. Lekin nafsi hakalak otganlar ham bor, afsuski. Ilgari doyani rozi qiliş uçun bir qöyni söyib, qöyning qöl göşti va köngildan çiqarib köylaklik mato yoki pul berilgan. Çekka qişloqlarda bu udum hali ham saqlanib qolgan.
Dilbar Aralova, jurnalist:
1. Normal qarayman. Berganmiz, ammo juda ham kam. Uç nafar farzandim bor. Kattasida rozi bölib berganmiz. Örtançasida talaba deb söraşmagan, baribir berganmiz. Qizimda sörab olişgan.
2. 200 ming sömgaça bölsa pora emas, deb hisoblayman. Tuğuruq jarayoni qanday keçişiga ham boğliq.
3. Şifokorlar erlarni aldab, vahima qilib pul söraşi mumkin. Ayollardan söray olişmasa kerak. Vaziyatga qarab iş tutiş kerak. Ular ustidan şikoyat qiliş böyiça aniq fikrim yöq.
4. Tuğuruq vaqtidagi holat insonni şifokorga rahmat aytişga undaydi. Şifokorini xursand qilgisi keladi, yonida turgani uçun. Bu kabi suyunçi beriş holati töxtamasa kerak deb öylayman.
Şaxsini sir tutgan muştariy:
— Birinçi farzandimda qaynona-qaynotam olib çiqqani uçun nimalar bölganini bilmayman, ammo ikkinçi farzandimni 2013 yilda dunyoga keltirganman. Buxoro şahridagi perinatal markazda tuğilgan. Markaz eşigiga “Korrupsiyaga yöl qöyilmaydi, agar şunday holatga duç kelsangiz, uşbu işonç raqamlariga murojaat qiling” deb oçiqçasiga yozib qöyilgan.
Men onamnikida mehmonda edim, xöjayinim uzoqroq tumanda smena bilan işlardi. Meni “roddom”ga onam olib keldi. Yengil böldim. Onam imkon darajasida yuz mingmi, qançadir berganlar doyaga. Bu ular istagan summa emas. Onamga gapirolmay, mendan turmuş örtoğim kelib vraçga uçraşini, uni rozi qilişini söraşdi.
Turmuş örtoğim ikki kun kelolmadi, meni holi-jonimga qöymay, qaçon keladi, deb bezor qilib yuborişdi. Jahlim çiqdi. Palatamdagi ayolga, bular bunça noşukur bölmasa, onamdan olgani yetmagandek sörayveradi, deb jahl ustida nimalardir deganman. Şu gap orasida jurnalistligimni ham aytgan bölsam kerak. Birdan jim bölişdi.
Ismi sir qolişini söragan erkak ginekolog:
— Töğrisi, erkak kişi bölganim uçun suyunçi pulini oliş eriş tuyulardi. Oldinlari olmayman, deb qaytarişga harakat qilardim. Lekin 99 foiz odam baribir taşlab çiqib ketadi. Keyin bir ustoz “bersa olmayman demay olgin, ursa qoç”, degan. Şundan söng summa aytmasdim, yonimga kirişsa rozi bölganingizça beravering, derdim.
Öktam Qöldoşev, infeksionist-şifokor:
1. Suyunçi beriş hammaning şaxsiy işi, deb bilaman, majburiy emas. Özim berganman ota sifatida.
2. Summa individual, ota-onaning moliyaviy ahvoliga karab bölsa kerak. Men uçun, masalan, 500 ming sömgaça berilsa, normal deb öylayman. Lekin, albatta, özi xohlagan holda, majburiy emas.
3. Men ham şifokorman, lekin arzimagan vaziyatda norozi bölişni notöğri deb bilaman. Tegişli taşkilotlarga murojaat qiliş hammaning özining xohişi. Lekin şifokor tamagirlikni oşirib yuborsa, balkim murojaat qiliş töğridir.
Olimbek Qosimov:
— Suyunçi sörab olinmaydi, köngildan çiqarib beriladi. Şifokor xuddi öt öçiruvçi, militsiya xodimi, öqituvçi kabi bir kasb egasi. U öz işini bajaradi, bemor qançalik oğir ahvolda bölmasin vazifasini ado etadi va bu qahramonlik emas, şunçaki kasb taqozosi. Şifokor şu kasbni tanlagan va har qanday körinişda minnatdorlik talab qiliş – tamagirlik. Kelinglar, bölmasa öt öçiruvçilarga ham suyunçi beraylik, ha, nima, hayotini xatarga qöyib alangani öçiryapti-ku!
Tuğuruqxonada suyunçini oqlagan har qanday şifokorni işdan haydaş kerak. Çaqaloq eson-omon tuğilgani ota-onani şifokor oldida qarzdor qilib qöymasligi kerak. şifokor öz vazifasini, kasbini ado etyapti, tamom!
Köngildan çiqarib 100 ming bersa olsin, 1 mln bersa olsin, ammo “stavka” qöymasin. Şaxsan özim ham berganman, örtada taniş şifokor bölgani uçun menga “arzonroq” tuşgan. Bergan pulimni tuğuruqda qatnaşganlar bölib olişgan.
Tan oliş kerak, hozir bu juda yomon “trend”ga aylangan. “Pul bermasang ona va bolaga yaxşi qaramaydi” degan gap bor va bu gapda jon ham bor. Bu öta nomaqbul holat.
Nurulloh Hojimuhammad:
— Tibbiyot tizimida maoşlarning past ekani hadya körinişidagi korrupsiyani oqlab bermasligi kerak.
Va odamlarning ayiqqa pul berişi kabi soxta dabdabaga öçligi ham öz yöliga, u boşqa masala, lekin şifokor faqat va faqat davlatdan normal oyligini olişi kerak. Har qanday suyunçi, hadya tizimi haqida gap-söz bölişi mumkin emas. Bölmasa, tizim umuman önglanmaydi.
Akrom Malik, adabiyotşunos:
— Şifokorlar belgilagan “stavka”siz, xursandçilikdan şukrona qilib beriş mumkin deb öylayman. Suyunçi – quvonçli kunda beriladigan hadyaning nomi. Hadya esa halol, albatta.
Şerali Böriboyev:
— Aslida bermaslikni töğri deb hisoblayman va bu uyat ham emas. Çunki kimdir köp beradi, kimdir kam. Bunda şifokorlarning reaksiyasi turliça böladi va bu yoş ota-onaga ta’sir qilişi mumkin. Hali uylanmaganman. Bunday taşvişlar oldinda. Balki öşanda xursandçilikdan fikrim özgarar. Öşa paytda ham bersam tort yoki gul berişim mumkin. Ammo pul emas.
Yulduz Ismoilova:
— Suyunçini aslida eri xotiniga berişi kerak, beçora ayol qança azobni boşidan ötkazib bolani dunyoga keltiradi. Vraçlarning esa işi, vazifasi, oyligini olyapti, suyunçi söraşga haqqi yöq. Şunçaki agar xohlaşsa, odamlarning özlari (şaroiti örtaça bölsa) bersa böladi, u ham qöl haqi beryapman deyişi kerak, suyunçini ayoliga bersin.
Şavkat Hamidjonov:
1. Salbiy ham, ijobiy ham qaramayman, neytral, suyunçi ixtiyoriy bölişi kerak. Özim 3 nafar farzandimda ham berganman.
2. Ixtiyoriy va individual holat bölgani uçun uning miqdori hamma uçun har xil bölişi mumkin.
3. Murojaat qilinişi kerak, sababi bu ixtiyoriy, imkoniyati yoki xohişi bölmasa, tamagirlik bölişi kerak emas.
Lekin şu örinda “roddom”ga qabul qiliş va tuğdiriş uçun norasmiy tölov bilan ixtiyoriy beriladigan suyunçi pulini adaştirmaslik kerak. “Roddom”ga işi tuşgan inson bilsa kerak: hozir avvaldan vraç bilan gaplaşib stavkasini aniqlab, oldi-berdi böyiça kelişuvlarni joy-joyiga qöymasa, tuğişga borgan ayol sansolarlik va sargardonlik girdobida qoladi. Masalan, men bepul tibbiyotni peş qilib, ayolim va farzandim soğligini tavakkal xavf ostiga qöyib, vraç bilan tortişmayman.
Uçinçi farzandimda barça kelişuvlarni avvaldan hal qilib, xotirjam “roddom”ga borganmiz va tuğuruq tez, sifatli ötgan. Sifatli tibbiy xizmatni bepul tasavvur etiş qiyin hozirda, ayniqsa vazir “barakasini berib ketadi” deb turgan zamonda. Ikkinçi farzandimda avvaldan kelişuv bölmagani uçun rosa sarson bölganmiz. Şu örinda şifokorni ham ayblaş qiyin. Ayniqsa, Toşkent şahrida yaşab işlayotgan şifokor davlat maoşiga kun körişi qiyinligi ma’lum.
Nafosat Mahmudxonova:
— Katta farzandim 7 oylik, çala, juda oğir ahvolda tuğilgan. Qörqqanimizdan varçlar yaxşi qarasin deb bor-budimizni berganmiz, 10 kunlar tuğuruqxonada yotganmiz. Çiqayotganimizda 100 ming söragan neanotolog vraç 80 ming berganimiz uçun rosa jahl qilgan, bolaga umuman yaxşi qaramagan. Hozir şu bolam 7 ga kirdi, yurolmaydi, nogiron. Har safar şularni eslasam asablarim qaqşaydi...
Saidolimxon Aslamov:
— Masalan men har uçala farzandim tuğilganda onam orqali çin köngildan rozi bölib suyunçi puli berganman. Menimça, bu normal holat, aslo pora emas!
Lekin tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Ba’zi nafsiga qul şifokorlar öziga stavka qöyib olgan, öğilga bunça, qiz tuğilsa bunça. Mabodo egizakli bölsangiz baloga qolasiz, ikki qöliga qöşib ikki oyoğini oğziga tiqadiganlar ham yöq emas, afsuski...
Şerali Bobojonov:
— Samolyotni qöndirgan uçuvçiga ham suyunçi beraylik. Yo uçuvçining oyligini akuşerlarga beraylik. Şunda bu mavzu öz-özidan yopiladi!
Pölat Ismoilov:
— Öğilli böldim, suyunçi söraşdi, xöp dedim-da, 200 ming berdim. Kam deydi, ha, qança beray, desam kami 500 ming bering, deydi. Unça pul yöq, bolamni olib qolaveringlar, men xotinimni olib ketaveraman, desam ödağaylab javob bervorişdi.
Nozima Xoliqova:
— Farzandim muddatidan oldin, 7 oygayam tölar-tölmas tuğilgan, mehnatlari halol şifokorlarning. Holatimni juda yaxşi bilardim, közimga heç nima körinmagan. Berganimga mingdan-ming roziman.
Muhammad Sohib:
1. Suyunçi beriş normal holat. Özim ham berganman.
2. Bugungi kunda aniq miqdor belgilamagan holda har kimning öz imkoniyati va asosiysi könglidan çiqarib berişi töğri.
3. Suyunçi berişni istamagan holda, tegişli taşkilotga murojaat qilişni töğri deb bilmayman. Sababi, dunyoga kelgan farzandi ustida harakat qilganlarga bu tarzda munosabat qiliş ma’qul emas. Garçi, ular norozi bölsa-da.
Suyunçi berişga imkoni yöq yoki könglidan çiqarmagan kişiga şifokorlarning toki uyga ruxsat beriladigan davrgaça tuğuruqni boşdan keçirgan ayol va gödakka yaxşi qaramasligi masalasi bor. Ana şu narsa köpçilikning xavotiriga sabab bölib, imkoni bölmasa ham qarz olib beradi. Şunisi mulohazaga undaydigan holat.
Mehriniso Qurbonova, jurnalist:
— 99 foizimiz qizimizga, kelinimizga biron zarar yetkazib qöyişmasin, deb ham pul beramiz. Kelinim törtinçi bolasini tuğganida çin köngildan 400 ming söm berdim. Tuğdirgan şifokor yana 200 ming söm bering, bolalar şifokori uçun, dedi. Özim beraman, dedim va 100 ming söm berdim. Nega sörab olişadi suyunçini? Çunki ular ham tepaga uzatib turişadi.
Dildora Rahimova:
— Suyunçi beriş hammaning öz xohişi, menimça, hamma beradi, lekin berganini kam deb, ering yana bersin deb, tuğgan onadan tama qiliş pastkaşlik deb bilaman. Ayrim vraçlarning stavkasi bor, oldindan boşqa hamşiralar gaplaşib berişarkan.
Zafar Jöraboyev:
— Töğri, davlat oylik beradi, lekin şifokor qilgan işi uçun emas, iş vaqti uçun oylik oladi. Bu juda jiddiy masala, sababi tuğuruq jarayoni paytida vraç ham jismoniy, ham emotsional yuklama oladi. Qaçonki davlatimizda iş yuklamasi böyiça oylik tölanmas ekan, odamlar oylik miqdoriga qarab işlaydi. Ilova qilib aytmoqçimanki, vijdonini yeb qöygan odam jazolanişiga töğri qarayman.
Malohat Mirzayeva:
— Xursandçiligidan rozi bölib, öşa vraç va hamşiralarning mehnatidan köngli tölib, imkoniyati qadar berilgan pul menimça halol. Lekin berişga imkonsiz bölsa, undan şunça berasan, deb talab qiliş esa umuman xunuk holat.
Bobur Rasulev, deputat:
— Oqlamayman! Özbekona odatni, bola dunyoga kelgani haqida xabar bergan yoş bolalarga beriladigan çoyçaqa puli – suyunçini, akuşer ginekologlar özlariga moslaştirib dollarda oladilar va bu ğirt korrupsiyaning özidir!
Umidjon Mamarasulov:
— Men “roddom”dagilarga suyunçi puli berişga qarşiman. Çunki ular öz vazifasini bajaryapti, degandim ikki yil avval öğlim tuğilganda. Ammo onam berasan deb turib oldi. Bermayman deb qat’iy tursam ham “özbekçilik”da beriş majburiy emiş. Unaqada özingiz bering, deb çöntagimdagi bor pulni berdim. Onam tarqatdi. Açinarlisi, tuğiş jarayonida qatnaşmagan, tuni bilan uxlaganlar öşa paytda uyqulari qoçib, joylarida ötirişgan ekan. Xullas tuşundimki, odamlarimiz özi örgatib qöygan olişga.
Sayyora Tursunova, akuşer-ginekolog:
— Suyunçi öz nomi bilan suyunçi! Insonlar uni suyunganidan beradi. Buni pora demanglar! Albatta, sörab oliş notöğri. Özim akuşer-ginekologman. Köngildan çiqarib suyunçi berişganida olganman ham, farzandlarim, nabiram tuğilganda hamkasblarimga berganman ham. Olganimda ham oz-köpiga qaramaganman, rozi böling, deganman. Berganimda ham oz-köpiga qaramasdan, xursand bölib tarqatdim.
Menda bir savol bor: uyingizga santexnik yoki elektrik çakirsangiz, bitta nuqtaga qança söraydi? Xizmatiga indamay berasizlar-ku! Ular 1-2 oy şogird bölib yurib, hunarni özlaştirib olişgan. Biz kabi 6-7 yillab keçalari uyqusiz dars tayyorlamagan, stresslar bilan imtihonlar topşirmagan, keçalari navbatçiliklarda turmagan. Davlat öqitgan, deydi kimdir. Şaxsan men kontrakt asosida öqiganman, öqişimga ota-onam pul tölaşgan. Özim ham farzandlarimga kontrakt tölab, ya’ni öz pulimga öqityapman. Oylikning nimaga yetişini hisoblab berişim şart bölmasa kerak.
Qaytaraman, qandaydir “stavka” qöyilişini, tamagirlik bilan olinişini qoralayman. Ammo köngildan çiqarib berilganini töğri qabul qilaman.
***
Körinadiki, har qança bahslaşilmasin, bu borada yakdil fikr yöq, har ikki tomon öz argumentlarini keltiraveradi. Şu bilan birga, vaqti-vaqti bilan ötkaziladigan, samarasi haminqadar tadbirlarga qaramasdan tuğuruqxonalardagi norasmiy tölovlar turli şaklda davom etyapti.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi