“Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamentiga asosan farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa tölovi Xalq banki tomonidan naqd pul şaklida amalga oşirilmoqda. Bu esa FHDYo bölimlarida joylaşgan bank kassalari oldida uzundan uzun navbatlarni yuzaga keltirayotgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Xalq banki bilan hamkorlikda fuqarolarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimida farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa tölovini (“suyunçi puli”) ota-onadan birining bank plastik kartasiga ixtiyoriylik asosida ötkazib beriş imkoniyati yaratildi”, deyiladi Davlat xizmatlari agentligi axborotida.

Qayd etilişiça, FHDYo bölimining mas'ul xodimi ota yoki onaning xohişiga asosan faol holatda bölgan bank plastik kartasini maxsus belgi orqali tanlaydi va bir martalik tölovni bank plastik kartasiga yönaltiradi. Xalq banki tomonidan “suyunçi puli” qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartasiga ötkazib beriladi.

DXA axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, uşbu yangilik agentlikka bölayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda fuqarolarning talabini qondiriş maqsadida joriy etilmoqda. Istaganlar suyunçi pulini naqd şaklda olişi yoki tölov ota-onalardan birining bank plastik kartoçkasiga ötkazib berilişi mumkin. “Heç kim qaysidir tölov usuliga majburlanmaydi”, dedi agentlik rasmiysi.

Avvalroq karantin paytida “suyunçi puli”ni qanday oliş böyiça murojaatlar soni köpaygan, Davlat xizmatlari agentligi uşbu bir martalik nafaqani bola tuğilgan kundan boşlab 6 oy içida oliş mumkinligini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uçun, farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 70,3 foizi – bugungi kunda bu – 577 866 sömni taşkil etadi.