1 yanvardan Angliya Premer-ligasida 21-turga start berildi.

Seşanba kungi dastlabki bahsda «Everton» öz maydonida «Lester»ga imkoniyatni boy berdi – 0:1. Bu liverpulliklarning oxirgi beşta öyindagi törtinçi mağlubiyati böldi.

Ikkinçi bahsda «Fulhem»ni qabul qilgan «Arsenal» 4:1 hisobida ğalaba qozondi. London derbisida «töpçilar»dan Jaka, Lyakazett, Remsi va Obameyang gol urgan bölsa, bunga mehmonlar faqat Kamaraning yagona goli bilan javob qaytarişdi.

Ötgan turda kutilmaganda öz uyida «Vulverhempton»ga imkoniyatni boy berib, uçinçi öringa tuşib qolgan «Tottenhem» yana ikkinçi poğonaga kötarilib oldi. «Şporlar» bu turda «Kardiff» maydonida yirik hisobda ğalaba qozonişdi – 3:0. Harri Keyn, Kristian Eriksen va Son Hyon Min birinçi bölimning ilk 26 daqiqasidayoq öz nomlariga bittadan gol yozib qöyib, öyin taqdirini ança erta hal etib bölişdi. Maurisio Poçettino jamoasini keyingi turda özini murabbiylikka nomzod sifatida körayotgan «Mançester Yunayted»ga qarşi boşlab tuşadi.

Angliya çempionati
21-tur, 1 yanvar
Everton – Lester 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Vardi.
Everton – Pikford, Kenni, Kin, Zuma, Din, Andre Gomeş (Bernard, 62), Guyye, Uolkott (Tosun, 70), Sigurdsson, Rişarlison, Kelvert-Lyuin.Lester – Şmeyxel, Simpson, Evans, Maguayr, Çiluell, Çouduri, Mendi, Ndidi, Gezzal (Olbrayton, 46), Vardi (Grey, 90), Rikardu Pereyra.
Ogohlantirişlar: Andre Gomeş (52), Evans (75), Din (80), Tosun (81).

Arsenal – Fulhem 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 25 Jaka, 2:0 – 55 Lyakazett, 2:1 – 69 Kamara, 3:1 – 79 Remzi, 4:1 – 83 Obameyang.
Arsenal – Leno, Mustafi (Torreyra, 46), Papastatopulos, Koselni, Meytlend-Naylz, Genduzi, Jaka, Kolaşinats, Ivobi (Saka, 83), Obameyang, Lyakazett (Remzi, 75).
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marşan, Rim, Kristi (Fosu-Mensa, 56), Kerni, Sisse (Seri, 61), Brayyen, Sessenon, Mitroviç, Şyurrle (Kamara, 61).
Ogohlantiriş: Fosu-Mensa (77).

Kardiff – Tottenhem 0:3 (0:3, 0:0)