Avstriyalik botanik Anton Zider Madagaskarda yangi, ötkir hidli orxideya turini aniqladi, deya ma'lum qiladi National Geographic.

Foto: The English Garden

Olim öz topilmasini Qirollikning Kyu botanika boğiga topşirgan. Orxideya suratlari va uning spirtlangan nusxasi Qirolliq botanika boği ilmiy xodimi Yoxan Xermans tomonidan örganib çiqildi. 

U Cynorkis christae nomini olgan ösimlik ilm-fan uçun yangi ekanini tasdiqladi. “Bu haqiqiy topilma, - dedi Yoxan. – Uşbu orxideyaning ajralib turuvçi tomoni uning şampan hidiga öxşaş şirin ifori hisoblanadi”. 

Cynorkis christae ösimligining gullari yirik. Ularning aksariyati – oq rangda, yuqori barglari esa yorqin-bordo rangida. 

Foto: The English Garden

“Bu orxideya avvalroq topilmaganiga hayronman, - deydi Yoxan. – Ehtimol, bunga uning çekka hududda ösişi sababdir”. Boz ustiga, gulni faqat bir oy davomida köriş mumkin – ösimlik faqat yomğirlar mavsumida gullaydi”.