«Formula-1»ning boşqa köplab yulduzlari kabi, afsonaviy poygaçi Mixael Şumaxer ham qaçonlardir karting çempionatlarida iştirok etişdan öz faoliyatini boşlagan. Biroq, kamdan-kam kartingçilar «Formula-1»ning yetti karra ğolibiga aylanadi. Şumaxer «Benneton» tarkibida ikkita çempionlikni qölga kiritdi, söng «Ferrari»ga ötib, bu jamoada 13 yil qolib ketdi. Şu vaqt mobaynida u Italiya jamoasini Konstruktorlar kubogidagi ğalabaga olib keldi hamda şaxsiy hisobda beşta ğalaba keltirdi.
2006 yilda germaniyalik faoliyatini yakunlaşga qaror qildi, sababi endi motivatsiya topişda qiynalar va nisbatan yoş raqobatçilar bilan kuraşiş tobora murakkablaşib borardi. Biroq, 2009 yilda «Mersedes» jamoasi uni poygalarga qaytişga taklif etdi. Şumaxer uç yillik şartnoma imzoladi va oxirigaça işladi, lekin katta tanaffusdan keyin jiddiy yutuqqa erişa olmadi: faqat bir marta muvaffaqiyat qozondi. 2012 yilda poygaçi sportni yakuniy tarzda tark etdi. Köp ötmay u bilan fojia yuz berdi: 2013 yil 29 dekabr kuni, toğ çanğisida uçiş paytida u trassadan taşqariga çiqib ketdi va boşi bilan qoyaga borib urildi. Ölimdan uni faqat şlem qutqarib qoldi, boş kiyimi ikkiga bölinib ketgandi.
Şumaxer qon quyiliş bilan keçgan juda oğir boş miya jarohatini oldi, ikki marta jarrohlik amaliyotidan ötkazildi, bir neça oy koma holatida böldi. Şveytsariyadagi öz uyida bir neça yil davomida sportçi tiklanmoqda. OAV ma'lumotiga köra, Mixael hozirda töşakka mixlanmagan va öpkaga sun'iy tarzda havo yuboriş ehtiyoji yöq. Biroq, bu ma'lumotning rasmiy tasdiği yöq. 3 yanvar kuni afsonaviy pilot 50 yoşga kirdi.

Foto: Pascal Deschamps/Reuters

Foto: Giampiero Sposito/Reuters

Foto: GERHARD GRADWOHL/AP

























