AQŞ prezidenti Donald Trampning Oq uyda ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilişiça, SSSR Afğonistonga qöşin kiritgani sababli «bankrot bölgan». Bu haqda TASS yiğiliş translyatsiyasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Prezidentning eslatişiça, bundan oldin «Rossiya sovet ittifoqi bölgan». Uning fikriga köra, sovet qöşinlarining Afğonistonga kirişi «SSSRdan Rossiyani keltirib çiqardi», sababi sovet ittifoqi bu harbiy kampaniya tufayli «bankrot bölgan».

Trampning qöşimça qilişiça, SSSR Afğonistonga qöşinlarni bu mamlakatda bölgan terrorçilar sovet ittifoqiga tahdid solgani tufayli kiritgan.

«Bu keskin kuraş edi. Ular [SSSR] sözsiz bankrot böldi. Ular sovet ittifoqidan farqli ravişda Rossiya deb atala boşlandi», - deya xulosa qilgan Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Gorbaçyovning raketalar böyiça qarorini tuşunmagani, Gorbaçyov unga javob qaytargani xabar berilgandi.