Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik o‘quvchilar maktabga GPS o‘rnatilgan "aqlli"liboslarda qatnaydigan bo‘lishdi
Xitoyda maktab o‘quvchilariga ularning qayerda ekanliklarini ko‘rsatib turadigan GPS uzatkich o‘rnatilgan liboslar berilmoqda.
Ushbu liboslar yordamida maktab rahbariyati o‘quvchining qayerda ekanligini bilib turadi. Ayrim "aqllilar" kuzatuvchilarni aldashiga yo‘l qo‘ymasliklari uchun maktabga kirish darvozasiga qiyofani tanish uskunasi o‘rnatilgan. Darsdan qochishning mutlaq imkoni yo‘q, chunki GPS-mikrochip o‘quvchining qayerda ekanligi haqida shu zahoti ma'lum qiladi. Aqlli libos shuningdek, o‘quvchining dars vaqtida uxlab o‘tirgani haqida ham xabar berishi mumkin.
The Global Times gazetasining xabar berishicha, aqlli liboslar Guizhou Guanyu Technology kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, u 105 darajagacha issiq suvda 500 marta yuvilishi mumkin. O‘quvchilar libosdagi qiyofani tanish yoki barmoq izlarini aniqlash tizimi orqali maktab oshxonasida to‘lovlarni amalga oshirishlari ham mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026