Zamonaviy shahrimiz mashina, marshrut va avtobuslar bilan to‘lgan. Ayrim vaqtlarda velosipedchilarni uchratish mumkin. Tramvaylar esa o‘tmishga aylandi. Kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Shveytsariyaning Bazel shahrida transportning bu turidan hali ham foydalaniladi.

Tramvay liniyalari Bazelda 1895 yildayoq qurila boshlagan. U shaharning barcha hududini kesib o‘tadi. Germaniya va Fransiyada yotqizilgan liniyalar ham bor. Ulardagi harakat 2014 va 2017 yillarda mos ravishda yangilangan.
Shaharda yuz yil ichida faqat bitta liniya yangilandi. Marshrut bo‘ylab avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bazelda nima uchun tramvay transportini rivojlantirishayotgani borasidagi savolga shahar hukumati qo‘shnilari uchun xos bo‘lgan avtomobil lobbisining ularda mavjud emasligi bilan tushuntirmoqda.

Shahar transporti tramvay, elektrichka, avtobus va poyezdlardan iborat. Yo‘l haqi uchun pul to‘lash tizimi juda qulay va oddiy: xarid qilingan chipta bir vaqtning o‘zida barcha transport turlari uchun amal qiladi.
Tashkillashtirish va tramvayni boshqarish bilan ikki nafar operator shug‘ullanadi: shahar va tuman. Bu liniyalardagi vagonlar turli ranglarda: shaharda – yashil, shahar tashqarisida – sariq rangda. Ular tuzilishiga ko‘ra biroz farq qiladi. Chunki shahar tashqarisidagi tramvay temir yo‘llariga moslashishi kerak. Yo‘lovchilar uchun qayerda qanday marshrut yurishi darhol tushunarli.

Harakat jadvali aniq va qat'iy nazorat ostida. 7–8 daqiqalik intervalga amal qilinadi. Qoidalarga ko‘ra, vagonlar 60 foizdan ortiq to‘liq bo‘lishi mumkin emas.
Tramvaylar ko‘rinishi jihatidan shilliqqurtga o‘xshaydi. Ularning qismlari egiluvchan va harakatchan. Vagonlarning ichiga yog‘och ko‘rinishida ishlov berilgan. Bu o‘tmishga hurmat belgisi emas, shahar aholisining istagidir: ular yumshoq o‘rindiqlarni gigiyenik deb topishmadi.
Shahar tashqarisida qatnovni amalga oshiradigan tramvaylar simsiz internet bilan ta'minlangan. Bu tushunarli, axir uzoq yo‘lda yo‘lovchilar o‘zlarini biror nima bilan band etishlari kerak-ku. Shveytsariyadagi kabi yo‘llarda tramvayda silkinish, shovqin va tebranishdan xavotirga tushmay o‘qish, musiqa tinglash mumkin.

















