Özbekiston prezidentining Fransiyaga davlat taşrifi doirasida, Toşkent şahrida tramvay qatnovini yölga qöyiş böyiça “yöl xaritasi” imzolandi.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning xabar berişiça, “yöl xaritasi”ni Toşkent şahar hokimi örinbosari Şarof Rahmonov va Fransiya taşqi savdo va xorijdagi fuqarolar böyiça vazir-delegat Loran Sen-Marten imzolagan.

12 mart kuni Fransiya Taşqi işlar vazirligida bölib ötgan tadbirda e’lon qilingan bu yangilik haqida Özbekiston Transport vazirligi va poytaxt hokimligi bir kun ötgan bölsa-da, xabar berganiça yöq – qöşimça tafsilotlar hozirça ma’lum emas.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toşkentda tramvay liniyasini qurişi haqida ilk marta Şavkat Mirziyoyevning Fransiyaga 2022 yil noyabr oyidagi taşrifi vaqtida xabar qilingan edi.
Öşanda ham bu loyihaga oid “yöl xaritasi” imzolagan, imzolovçilar – Özbekiston boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev va Fransiya taşqi savdo vaziri va xorijdagi fuqarolar böyiça vazir-delegat Olive Beşt bölgandi.

Alstom Toşkentda 9,1 km uzunlikdagi tramvay liniyasini qurişi, liniyada yölovçi taşiş hajmi kuniga 78 ming kişini taşkil etişi reja qilingandi. Quriliş boşlanişi 2024 yilning 2-çoragiga möljal qilingan edi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholangan.
2024 yilda Alstom vitse-prezidenti Saşa Parne Toşkentda ötgan investitsiya forumida qatnaşib, tramvayni Yangi Toşkentda quriş özbek rasmiylari tomonidan ustuvor masala sifatida körilayotganini aytgandi. U Özbekiston poytaxtiga tramvayni qaytariş uçun transport tadqiqoti ötkaziş kerakligini ta’kidlagan, şuningdek, eski tramvay yönalişlarini tiklaş masalasini “yaxşi ğoya” deb atagandi.


















