AQŞning Apple kompaniyasi aksiyalari smartfonlar savdosidagi muammolar sababli tuşumning kamayib ketişi haqidagi prognozlardan keyin 9 foizdan köproqqa arzonlaşib ketdi.
Kompaniyaning Nasdaq birjasidagi aksiyalari narxi 9,4 foizga arzonlaşib, 143,07 dollarni taşkil qilgan.
Avvalroq kompaniya rahbari Tim Kuk investorlarga maktubida iPhone’lar sotilişi sur'ati sekinlaşişi kutilayotgani haqida ma'lum qilgan. U buning asosiy sababi sifatida AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşini körsatgan. Kukning maktubida, şuningdek, Apple oxirgi çorakda 84 mlrd dollarlik tuşum kutayotgani aytilgan. Vaholanki, 2 oy avval kompaniya bu qiymat 89 mlrd dollardan 93 mlrd dollargaçani taşkil qilişini prognoz qilgandi.












