Eng kam oylik iş haqi miqdorini belgilaş tartibi qayta körib çiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, tegişli çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi. Dasturda:
soliq va boşqa tölovlarning eng kam iş haqi miqdori bilan boğliq bölişiga barham beriş;
xodimlarning iş haqi miqdorini yagona tarif setkasi böyiça tarif koeffitsiyentini oşiriş hisobiga köpaytiriş;
pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini yagona tarif setkasi böyiça tarif koeffitsiyentlarini oşiriş körsatkiçidan kelib çiqib köpaytiriş nazarda tutiladi.
Bajariş muddati - 2019 yil 1 mart, ijro uçun mas'ullar - Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank.
Eslatib ötamiz, avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida eng kam oylik iş haqi belgilaş va pensiya tizimini qayta körib çiqiş kerakligini aytgandi.












