«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasini yanada takomillaştiriş hamda fuqarolar bilan maslahatlaşgan holda işlab çiqiş maqsadida jamoatçilik muhokamasi uçun taqdim etildi.
2019 yil Davlat dasturi loyihasi 249 ta banddan iborat bölib, Özbekiston prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy ğoya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda işlab çiqildi.
Şuningdek, jamoatçilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegişli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari iştirokida davra suhbatlari, munozaralar, oçiq muloqotlar ötkazilişi ham rejalaştirilgan.
Muhokamalar davomida kelib tuşgan barça fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillaştiriladi.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturlari ham fuqarolar bilan maslahatlaşgan, fikr va takliflarni inobatga olgan holda işlab çiqilgan edi.












