Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishi taxmin qilindi
Germaniya hukumatining Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha vakili Dirk Vize 2019 yilda Moskva va Berlin o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashadi, deb hisoblaydi. U bu haqda Pfälzische Merkur gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning fikricha, bu Moskvaning 2018 yilda oldindan aytib bo‘lmaydigan siyosatni namoyish etgani bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, siyosatchi bu «2018 yilda butun dunyoda sodir bo‘lgan qator voqealarga Rossiya javobgar ekanligi bilan bog‘liq» deb hisoblaydi.
«Sobiq josus Skripalning zaharlanishiga guvoh bo‘ldik. So‘ngra Moskva qurollanish poygasini boshladi – raketalar bo‘yicha shartnoma buzilishi mumkin. Bu masala bo‘yicha yangi yilda ham qattiq shug‘ullanishimizga to‘g‘ri keladi. Va albatta, Azov dengizida kuchning xavfli tarzda namoyish etilishini eslayman. Shu bois aytishim mumkin, Rossiya bilan munosabatlar bu yil ham yomonlashadi», – dedi Vize.
Shuningdek, Vize Yevroittifoq Moskvaga nisbatan sanksiyalarni qanday shartlarda yumshatishi mumkinligini ma'lum qildi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bu doimiy ravishda buzib kelinayotgan Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026