Moskvada josuslikda gumonlanib qölga olingan amerikalik Pol Uilan Birlaşgan Qirollik fuqarosi ekanligi ma'lum böldi. The Times naşrining xabar berişiça, u qölga olinganidan söng AQŞ diplomatik missiyasi xodimlari britaniyalik diplomatlar bilan boğlangan va Uilanning Britaniya fuqarosi ekanligini xabar qilgan.
Buyuk Britaniya TIV vakilining sözlariga köra, «konsul Rossiyada qölga olingan britaniyalikning oldiga kirişi uçun ruxsat söralgan».
Pol Nikolas Uilan 28 dekabr kuni Moskvada josuslik faoliyatini amalga oşirayotganda qölga olingan va unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma'lum qilinişiça, u Rossiya fuqarosidan davlat siri bölgan ma'lumotlarni olganidan söng uşlangan.

















