O‘zbekiston | 12:19 / 04.01.2019
7135
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xususiy sud ekspertizasi tashkil qilinadi 

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda xususiy sud ekspertizasi tashkil qilinadi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Hujjat bilan sud ekspertizasi faoliyatini yanada takomillashtirish mo‘ljallanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

davlat muassasalariga muqobil ravishda xususiy sud ekspertizasini tashkil qilish;

xususiy sektor ekspertlarini sertifikatlash va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tizimini joriy etish;

sud ekspertizasi muassasalari moddiy-texnik sharoitlarini yaxshilash;

sud ekspertizasi muassasalari ilmiy salohiyatini kuchaytirish maqsadida mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning maqbul shartlarini belgilash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 15 sentabr, ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, DXX, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid