Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash;
Jahon oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Rim Deklaratsiyasi hamda Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokolini ratifikatsiya qilishni ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 aprel, ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsiya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, vazirlik va idoralar.
Shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarga bo‘lgan talab, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish va hududiy ixtisoslashtirish tizimi takomillashtiriladi.
Bu borada chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish;
tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, keyingi yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari kesimida, konturlar va ekin turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirish;
zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz fermer xo‘jaliklarini maqbullashtirish;
hududiy ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish, jumladan tumanlar hududlarini mos mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari.
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
-
Avstriyada milliarder Rene Benko hibsga olindi
Jahon | 23:05 / 23.01.2025
Mavzuga oid
14:29 / 09.01.2025
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanadi
20:51 / 02.01.2025
60 turdagi mahsulotlar uchun bojsiz import rejimi yana bir yilga uzaytirildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
20:23 / 10.12.2024