Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer berish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi taqdim etildi.
Hujjat bilan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer berish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Xususan, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer berish tartibini “Yer Elektron” tizimiga muvofiqlashtirish va yer uchastkasiga ijara huquqini shaffof mexanizmlar orqali realizatsiya qilishni joriy etish;
fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlariga maxsus geoportal orqali auksion savdosiga chiqariladigan yer maydonlarini tanlash imkoniyatini yaratish;
yerdan samarali foydalanib, mo‘l hosil olayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun qo‘shimcha yer ajratish tartibi;
suv tanqisligi va sho‘rlanishi yuqori bo‘lganligi sababli qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyun, ijro uchun mas'ullar - “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Yer kodeksi qayta ko‘rib chiqilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
07:39 / 16.02.2026
Yerning yashirin geografiyasi: botanik qit’alar
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
07:15 / 22.11.2025