Ukrainada mojaro oqibatida prezidentni qöriqlaş xizmati xodimi, 27 yoşli Vasiliy Xmelyuk öldirildi. Voqea 2 yanvar keçki vaqt Kiyevning nufuzli tumanlaridan birida yuz bergan. Internetda mojaroning kuzatuv kameralaridan olingan videosi tarqalgan.
Qotilliqda gumonlanuvçi kimsa professional boksçi Petr Oçeretyaniy bölib, u 2009 yilgaça 90 kg gaça vazn toifasida boksçilik faoliyati bilan şuğullangan.
Ma'lum qilinişiça, gumonlanuvçi keçki vaqt ikkita itini sayr qildirişga olib çiqqan. Şu vaqt voqea yuz bergan turar joy majmuasiga Xmelyuk, uning oilasi va dösti maşinada kelgan. Maşina sobiq boksçining itlaridan birini bosib olay degaç, gumonlanuvçi öz e'tirozini bildirgan. Natijada mojaro çiqib, u fojia bilan yakunlangan.
Sportçi mojaro vaqtida Xmelyukning jağiga muşt tuşirgan. Jabrlanuvçi yiqilib, huşini yöqotgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlarining urinişlariga qaramay, u öziga kelmay jon bergan.
Voqea joyidan ketib qolgan gumonlanuvçi birozdan keyin özi politsiya bölimiga kelgan. Unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.












