«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasida sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda faoliyat körsatayotgan xodimlarning malakasini oşiriş, sudyalikka nomzodlarni tayyorlaş tizimini xalqaro standartlarga muvofiq qayta körib çiqiş, Sudyalar oliy kengaşi qoşida Sudyalar oliy maktabini taşkil etiş kabilar közda tutilmoqda. Unga köra, qator qonun va qarorlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda uzoq muddat davomida (5 yil va undan ortiq) benuqson faoliyat körsatayotgan örta va örta-maxsus ma'lumotli yoki boşqa mutaxassislik böyiça oliy ma'lumotga ega xodimlarni keyinçalik mazkur organda kamida 5 yil işlab beriş şarti bilan imtiyozli asosda va işdan ajralmagan holda oliy yuridik ta'lim muassasalariga qabul qiliş va maqsadli tayyorlaş tizimini joriy etiş nazarda tutiladi.
Şuningdek, sudyalikka nomzodlarni tayyorlaş tizimini xalqaro standartlarga muvofiq qayta körib çiqiş, Sudyalar oliy kengaşi qoşida Sudyalar oliy maktabini taşkil etiş va Sudyalar oliy maktabida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni bir yillik magistratura ta'lim dasturi böyiça tayyorlaşni, rahbarlik lavozimlarini egallaş uçun zaxirada bölgan sudyalarni ikki oylik kurslarda qayta tayyorlaşni, şuningdek sudyalar va sudlar apparati xodimlarini ikki haftadan kam bölmagan kurslarda malakasini oşirişni belgilaş közda tutiladi.
Bundan taşqari, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlaş va tayinlaş böyiça şaffof tizimni yaratiş, sudyalikka nomzodlarni konkurs asosida oldindan tanlab oliş mexanizmini joriy etiş va keng jamoatçilik fikri örganilgan holda sudyalar hamjamiyati tomonidan sudyalarni tayinlaş tartibini joriy etiş nazarda tutiladi.
Qonun va qarorlarda şuningdek, Sudyalar korpusini yuqori malakali va yetarli hayotiy tajribaga ega mutaxassislardan şakllantiriş maqsadida sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanadigan nomzodlar uçun yoş senzini qayta körib çiqiş hamda sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini işlab çiqiş ham közda tutilişi rejalaştirilgan.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan.











