2018 yilda Xitoy aholisi 1,27 million kişiga kamaydi, deb xabar berdi Agence France-Presse.

Pekin universiteti iqtisodçi olimi Su Tszyan va Viskonsin universitetining tuğilişlar böyiça mutaxassisi I Fusyan statistika ma'lumotlar tahlilidan söng ana şunday xulosaga keldi.

Olimlar Xitoyda bola tuğilişi 2017 yilga nisbatan 2,5 milliontaga kamayganini hisoblab çiqişdi.  

Xitoyda aholi soni kamayişi 70 yil içida ilk bor qayd etildi. I Fusyanning fikriça, bu jarayon bundan keyin ham davom etişi mumkin. U tuğilişning kamayişini tuğruq yoşidagi ayollar sonining kamayişi va ta'lim, yaşaş tibbiy xizmatlar xarajatlarining oşib borişi bilan boğlamoqda.

Xitoy aholisi soni haqidagi rasmiy ma'lumotlar yanvar oyi oxirida e'lon qilinişi rejalaştirilgan. Xitoy milliy statistika byurosining bildirişiça, 2017 yilda Xitoy aholisi 1,39 milliard kişini taşkil etgan.