Burkina-Fasoda 1 yanvarda boşlangan elatlararo töqnaşuvlar oqibatida halok bölganlar soni 46 nafarga yetdi. Bu haqda Faso mahalliy portali ma'lum qildi.

Töqnaşuvlar 1 yanvarda noma'lum kimsalarning mosi qabilasi vakillari yaşaydigan qişloqqa hujumidan keyin boşlangan. Mahalliy aholi hujumga javoban fulbe elatini bosqinçilarni yaşirişda ayblab, ularning yaşaş joylariga bir neçta hujum amalga oşirgan.

Mamlakat hukumati vakili Remi Danjinu ixtilofni boşlaganlarni elatlararo adovatni avj oldirişdan manfaatdor terrorçilar deb atagan.