Yevropada qişki transferlar dariçasi endigina oçildi, lekin ötgan yil oxiridayoq ayrim futbolçilarning qaysi klubga ötişi masalasi oydinlaşib ulgurgandi. 1 yanvar kuniyoq «Çelsi» Dortmundning «Borussiya»sidan amerikalik yarimhimoyaçi Kristian Pulişiçni 64 million yevro evaziga transfer qildi. Faqat bu 20 yoşli futbolçi mavsumning qolgan qismini ham Germaniya çempionatida ötkazadi.

Quyida şu yanvarda amalga oşişi mumkin bölgan 5 transfer böyiça ma'lumotlar keltiriladi.

Sesk Fabregas – «Monako»
31 yoş; «Çelsi» bilan şartnomasi muddati 2019 yilgaça

2 yanvar kuni Angliya çempionatining 21-turida «Sauthempton»ga qarşi keçgan öyin uşbu ispaniyalik futbolçi uçun Angliyada ötkazilgan 500-öyin böldi («Arsenal» safidagi öyinlar bilan birga). Barça futbolçining faoliyati çöqqidan tuşgani va oxirgi bosqiçga yaqinlaşganini anglab turibdi. Fabregas öyindan keyin muxlislarga murojaat qildi va ularni şanba kuni Angliya Kubogi doirasida «Notingem Forest»ga qarşi keçadigan öyinga taklif qildi. Bu öyin uning uçun London klubi safidagi xayrlaşuv öyiniga aylanişi ham mumkin. 

Bunday taxminga asos bor. Maurisio Sarri kelgaç u asosiy tarkibdan tuşib qoldi (mavsumda «Çelsi»ning 31 öyinidan faqat 15tasida qatnaşdi, şundan APLda 5ta öyin, faqat 1 öyinda boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi). Avvaliga «Milan»ga yöl olişi aytilgan futbolçiga keyingi kunlarda navbatdagi xaridor çiqdi. Milanliklar transfer qiymati masalasida kelişuvga erişa olmagan, «Monako» esa mavsumning ikkinçi qismini munosib ötkaziş uçun jiddiy transferlar amalga oşirişi kerak. 

Ayni vaqtda monegaskliklar 17-örinda joylaşgan va ularni «xavfli hudud»dan faqat 4 oçko ajratib turibdi. Fabregas esa sobiq jamoadoşi Anri bilan yana hamkorlik qilişga qarşi emas. Fransiya çempionatida u ikkinçi yoşligini eslaşi ham mumkin. U va jamoadoşlarining oldidagi birinçi vazifa quyi ligaga tuşib ketmaslik böladi. «Monako»ga şunday tajribali futbolçi juda zarur.

Qolaversa «Çelsi»ga rossiyalik biznesmen Roman Abramoviç, «Monako»ga esa boşqa bir rossiyalik Dmitriy Ribolovlev xöjayinlik qilişi bu transfer amalga oşişini yanada tezlaştiradi. L’Equipe ma'lumotiga köra, fransuz klubi rahbariyati ispaniyalik futbolçiga 2,5 yillik şartnoma, şuningdek, transferga rozi bölişi uçun 10 million yevro miqdorida bonus taklif qilgan. Futbolçining transfer narxi 25 million yevroga baholangan, lekin londonliklar bu futbolçini 10 million yevroga qöyib yuborişga ham rozi.