Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi taqdim etildi.
Hujjatga binoan mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:
bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnatdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar;
ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, mehnat shartnomasini tuzish
va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, xodim bilan bir vaqtda ish beruvchining ham manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 20 dekabr, ijro uchun mas'ullar - Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi.
Mavzuga oid
15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi
21:12 / 30.03.2023
Davlat idoralarida qisqartirish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatishlar vaqtincha to‘xtatildi
17:05 / 10.02.2023
O‘zbekistonga chet eldan ishchi olib kelib ishlatish osonlashadi
10:53 / 08.07.2022