NATO Rossiya Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim bajarilişiga belgilangan muddat içida qaytmasa, tegişli javob qaytaradi. Bu haqda Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg DPA agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Muhimi, Rossiya hozirda sönggi imkoniyatga ega. Agar Rossiya bitim şartlariga qaytmasa, unda biz katta muammolarga duç kelamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.

Stoltenbergning fikriça, strategik muvozanatni tiklaş uçun NATOda Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş bitimi töxtatilişiga javob qaytarişning köplab usullari mavjud. Biroq, u vaziyatni murakkablaştirmaslik uçun tafsilotlarga aniqlik kiritib ötirmadi. «Biz juda keskin javob qaytarmaymiz, ammo buni qiliş kerak. Bizning ustuvor vazifamiz - Rossiyani bitimga rioya qilişga qaytariş», - deya qayd etib ötdi boş kotib.

U NATO AQŞ Yevropada ikki tomonlama kelişuvlar asosida öz yadro raketalarini joylaştirişi mumkinligini istisno etişi böyiça savolga javob qaytarmagan. Stoltenbergning bildirişiça, dekabr oyida taşkilot doirasida bu masalani hal qilişga rozi bölgan alyans mamlakatlar TIV rahbarlari qarorini olqişlaydi.

Şu bilan birga, NATO boş kotibining körsatişiça, Rossiyaga tegişli yangi SSC-8 raketalari allaqaçon Yevropada joylaştirilgan, ular yadroviy kallakni olib yurişi hamda Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitimni buzişi mumkin. «Rossiya yadro qurolidan foydalaniş uçun çegarani yöqotmoqda», - dedi u. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaga ukrainalik dengizçilar böyiça çaqiriq bilan çiqqandi.